Qirg‘iziston o‘z chegarasini barcha davlatlar fuqarolari uchun ochdi

Qirg‘iziston o‘z chegarasini barcha davlatlar fuqarolari uchun ochdi

Qirg‘iziston hukumati "Manas", "O‘sh", "Issiq-Ko‘l" xalqaro aeroportlari orqali kirib kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni o‘tkazish to‘g‘risida qarorni qabul qildi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Sal avval mamlakatga 33 ta davlat fuqarolari kirishi mumkinligi aytilgan edi. Hozirda barcha cheklovlar olib tashlangani ma’lum qilinmoqda.

"2020 yilning 4 dekabridan boshlab chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Qirg‘iziston Respublikasiga avia-tashuvlar orqali qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda kirib kelishlari mumkin", - deyiladi vazirlik relizida.

Idora xabariga ko‘ra, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar COVID-19 yo‘qligi haqidagi PSR-tahlil natijalarini taqdim etgan taqdirdagina samolyot bortiga chiqarilishini eslatib o‘tgan. Ushbu ma’lumot parvoz oldidan oxirgi 72 soat vaqt davomida olingan bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, 2021 yilga rejalashtirilgan prezidentlik va Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari saylovlariga xalqaro kuzatuvchilarni qabul qilishni ta’minlash maqsadida hukumat Tashqi ishlar vazirligi va boshqa vakolatli davlat organlarining taklifiga binoan Qirg‘izistonga kuzatuvchi sifatida boradigan chet elliklarga ruxsat berishga qaror qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!