Qashqadaryoda YPX xodimi egallab turgan lavozimidan ozod etildi

Qashqadaryoda YPX xodimi egallab turgan lavozimidan ozod etildi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqda “Qashqadaryo gailaridan navbatdagi” sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgandi.

Mazkur xizmat tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi nizom hamda IIVning me’yoriy buyruq talablarini buzganligi uchun Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPXB maxsus otryadi 3-safarbar guruhi YPX inspektori serjant J.Qosimov o‘z bildirgisiga ko‘ra “egallab turgan lavozimidan ozod etilib, kelgusida YHX bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozimga tayinlanishi” chorasi qo‘llandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!