Qashqadaryoda o‘zini osgan kelinchakning eriga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qashqadaryoda o‘zini osgan kelinchakning eriga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Oldinroq Qashqadaryoning Koson tumanida 18 yoshli M.Jo‘rayeva o‘z joniga qasd qilganligi haqida xabar bergandik. Bosh prokuratura ushbu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

2020 yil 9 may kuni Koson tumani, I.Karimov ko‘chasida joylashgan uyda ijarada yashab kelgan M.Jo‘rayeva (2002 y.t.) o‘zini osib, vafot etgan.

Tekshirish davomida, marhuma M.Jurayevaning turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtalarida doimiy ravishda urish-janjal bo‘lib kelganligi, turmush o‘rtog‘i uni haqorat qilib urib tan jarohati yetkazib, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib kelganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan 08.06.2020 yilda  Koson tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!