Qashqadaryoda shifokor 30 kishiga koronavirus yuqtirgan – hokim

Qashqadaryoda shifokor 30 kishiga koronavirus yuqtirgan – hokim

Qashqadaryoda shifokor 30 kishiga koronavirus yuqtirgan. Bu haqda viloyat hokimi Zoir Mirzayev ma’lum qildi.

"Kasbi shifokor bo‘lgan fuqaromiz karantin talablariga rioya etmagan holda joriy yilning 24 iyun kuni qarindoshinikida oilaviy tadbirda va deputatlar bilan uchrashuvda ishtirok etib, 30 nafar fuqaroga virus yuqtirishga sabab bo‘ldi", – deya ta’kidlagan hokim.

Ma’lumot uchun, bugun Zoir Mirzayev rahbarligida viloyat maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi tashkillashtirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!