Qashqadaryoda IIB xodimi fuqaroga noqonuniy tarzda kuch ishlatgani tasdiqlandi

Qashqadaryoda IIB xodimi fuqaroga noqonuniy tarzda kuch ishlatgani tasdiqlandi

Telegramm ijtimoiy tarmog‘ining “Elon_qashqadaryo” kanalida “Qonun himoyasida turib o‘zlari qonunni buzayotganlarni kamida ishdan bo‘shatish kerak ” sarlavhali video tasvir e’lon qilingandi. IIV Axborot xizmati ushbu holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

"Qashqadaryo viloyati Koson tumanida joriy yilning 30 may kuni soat tahminan 21.40larda aholining karantin tadbiri qoidalariga amal qilishini nazorat qilish maqsadida o‘tkazilgan tungi reyd davomida, tumanning Nihol MFYda joylashgan “Nihol Saidbaraka” savdo do‘koni yonida Qashqadaryo viloyati IIB tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimi, qonunda belgilangan vazifasidan chetga chiqib, shu MFYda yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan X.M.ga nisbatan noqonuniy ravishda kuch ishlatib, uni sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazgan.
Xozirda IIV O‘z xavfsizligi xizmati Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi tomonidan holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan bo‘lib, tadbir ishtirokchilarining har birini hatti-harakatlariga qonuniy baho beriladi", deyiladi rasmiy izohda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!