Qashqadaryoda 46 yoshli erkak 73 yoshli qariyani urib, jarohatladi

Qashqadaryoda 46 yoshli erkak 73 yoshli qariyani urib, jarohatladi

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida 2019 yil 6 may kuni Koson tumanida yashovchi 46 yoshli X.B. Sho‘rsoy dala maydonida o‘zaro janjal oqibatida Koson tumanida yashovchi 73 yoshli H.M.ning boshiga tayoq bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, H.M. kasalxonaga yotqizilgan. X.B. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!