Qashqadaryoda 14 yoshli bemorning otasi va opasi ham koronavirusga chalingan

Qashqadaryoda 14 yoshli bemorning otasi va opasi ham koronavirusga chalingan

Qashqadaryo viloyatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 3 nafarga yetdi. Ulardan biri - viloyatda dastlabki aniqlangan 14 yoshli bemorning 36 yoshli otasi va ikkinchisi – uning 16 yoshli opasidir.

Bemorning otasi Toshkent shahrida yashagan  turmush o‘rtog‘ining akasi, koronavirus infeksiyasi tufayli 28 mart kuni vafot etgan bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lgan. Bemorning opasi esa ukasi bilan muloqot orqali mazkur infeksiyani yuqtirib olgan.
Ayni paytda mazkur 3 nafar bemor viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ularning holati o‘rta og‘ir darajada. Bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarning barchasi va ular yashagan hudud karantinga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!