Qarzdor korxonalarning savdo do‘koni xatlandi

Qarzdor korxonalarning savdo do‘koni xatlandi

Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan javobgarlar «Poydevor stroy» hamda «Suhrob sardor qurilish» MCHJ hisobidan "O‘zsanoatqurilishbank" ATB foydasiga 34 ming AQSh dollari miqdorida qarzdorlik undirilishi lozim bo‘lgan. Ushbu qarzdorlik undiruvini garovdagi savdo do‘koniga qaratish belgilangan.

Biroq jamiyat rahbariyati bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lsada, qarzdorlik bartaraf etilmagan.

Joriy yilning 16 aprel kuni Majburiy ijro byurosining Qarshi shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida bank vakillari bilan birgalikda mazkur savdo do‘koni xatlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!