Qarshi tumanida hokimiyat zaxirasida turgan bo‘sh yerni sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Qarshi tumanida hokimiyat zaxirasida turgan bo‘sh yerni sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.B. boshqa bir fuqaro D.ning ishonchiga kirib, unga hokimiyat zaxirasida turgan 12 sotix bo‘sh yer maydonini tanishlari orqali uy-joy qurish uchun olib berishni va’da qilib, evaziga 70 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!