Qanday qilib Telegram O‘zbekistonda birinchi raqamli servisga aylandi?

A A A
Qanday qilib Telegram O‘zbekistonda birinchi raqamli servisga aylandi?

Mazkur ilovadan faqat yozishmalar va qo‘ng‘iroqlar uchun emas, balki biznes vositasi sifatida, va shuningdek davlat organlari bilan muloqot qilish maqsadida ham foydalanishadi.

2013 yilning kuzida Telegram tarixida keskin o‘zgarish yuz berdi. O‘sha yilning avgust oyida WhatsApp messenjeriga o‘xshatib ishlangan mazkur ilova PlayMarket va AppStore programmalarida eng ko‘p yuklangan yuzlikka ham kirmasligi mumkin edi. Ammo bir voqea hammasini o‘zgartirib yubordi.

O‘shanda noma’lum sabablarga ko‘ra, hech qanday rasmiy bayonotsiz WhatsApp messenjeri deyarli ishlamay qoldi. Programmada rasm va musiqalarni yuklab olish imkoniyati cheklanib, audio va video aloqa yo‘qolib qoldi. Oktyabr va noyabr oylarida mazkur servisdan faqat VPN oqali foydalanish mumkin edi. Lekin o‘sha paytlar ushbu murakkab tizimni, mamlakatning boshqa hududlarida istiqomat qiladiganlar uyoqda tursin, Toshkent aholisining ko‘pi tushuna olmasdi.

Natijada 2013 yilning 6 noyabrida Telegram yuklab olishlar soni bo‘yicha o‘ttizinchi o‘ringa ko‘tarildi. Keyingi oy esa birinchi o‘ringa chiqib oldi va hozirga qadar «ijtimoiy tarmoqlar» kategoriyasida o‘z pozisiyasini saqlab kelmoqda. 

Nega aynan Telegram?

Telegram o‘zbekistonliklar orasida mashhur messenjerga aylanishi sababi juda oddiy.  Ushbu ilova WhatsApp bilan juda o‘xshash bo‘lganligi uchun, yangi interfeysga ko‘nikish talab etilmasdi. Foto, video va audiolar ancha tez yuklanishi sababli O‘zbekiston aholisi osonlik bilan Telegram’ga o‘tib oldi.

Bugun Telegram’dan butun O‘zbekiston bo‘ylab 18 millionga yaqin kishi foydalanadi 

Pavel Durov yaratgan Telegram ilovasining O‘zbekistonni zabt etishi ko‘p jihatlari bilan Erondagi holatga o‘xshab ketadi. Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarni to‘sish avjiga chiqqan bir paytda, uchinchi shaxslardan himoya qilingan Telegram ommalashishda davom etdi. Ushbu ilovaning imkoniyatlari boshqa programmalarga murojaat qilishga hojat qoldirmadi.

Bugun  Telegram’dan butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘rtacha 18 millionga yaqin kishi foydalanadi. Bu mazkur ilova auditoriyasining 18 foizi degani. Ushbu messenjer endi faqat WhatsApp’ning o‘rnini bosuvchi ilova emas, alohida infrastrukturaga va o‘z qoidalari, kontenti va shartlariga ega bo‘lgan haqiqiy ijtimoiy tarmoqqa aylandi.

Telegram bugun mobil operatorlar taklif qilayotgan SMS xizmatining o‘rnini bosmoqda. Agar O‘zbekistonda mobil internet sifatli va past narxda bo‘lganida edi, qo‘ng‘iroqlar ham ko‘pincha Telegram orqali amalga oshirilardi. Ushbu messenjer orqali o‘zbekistonliklar uzoq vaqt davomida chet el bilan bog‘lanib keldi. Ammo Rossiyada Telegram’ning to‘silishidan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasidagi qo‘ng‘iroqlar soni keskin kamaydi.

Bundan tashqari, respublika aholisining 80 foizi internetga qo‘l telefoni orqali kiradi. Yana bir muhim jihati, Telegram xat yozish va fotosuratlar jo‘natish imkonini beradi, hatto tarmoqdagi tezlik juda past bo‘lsa ham.

Telegram biznes yuritishda

Shu yilning aprel oyida Moskvaning Tagan tuman sudi Telegram messenjerini Rossiya hududida blokirovka qilish to‘g‘risida qaror chiqardi. Ushbu voqea nafaqat Rossiyada, balki O‘zbekistonda ham muhokama markazida bo‘ldi. Ba’zi o‘zbekistonliklar har ehtimolga qarshi WhatsApp ilovasini yuklab olishdi.

Xavotirga o‘rin bor edi — 90 foiz hollarda Telegram’dan ish vositasi sifatida foydalanishadi.

Chatlar

Funksiyalar to‘plami, chatlarni super guruhlarga aylantirish, xatlar va chatlarni «mahkamlab» qo‘yish, xatlarni bir zumda yuklab olish imkoniyatlari Telegram’ni biznes uchun qulay vositaga aylantirdi.

Mediakompaniyalardan tortib yangi startaplargacha, deyarli barcha ushbu ilovadan ish bilan bog‘liq bo‘lgan kundalik masalalarni yechishda foydalanadi. Chatlardan esa O‘zbekistonda hatto davlat kompaniyalari ham o‘z faoliyatlarida ishchi vosita sifatida foydalanadi. Misol uchun, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiyati o‘zining telegram-chatida hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar, muhim savol va masalalar haqida ma’lumotlarni joylashtiradi. Namangan viloyatida esa tadbirkorlar uchun alohida chat faoliyat yuritadi. Ushbu chat orqali ishbilarmonlar biznes bo‘yicha o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hokimlariga yo‘llashlari mumkin.

Bir tomondan bu ish uchun juda qulay format. Lekin boshqa tomondan, Rossiyada Telegram’ni to‘sish boshlanganida, O‘zbekistonda ham ushbu programma ishlashida bir necha bor uzilishlar yuzaga keldi. O‘shanda ko‘plab foydalanuvchilar Telegram’dagi axborotni boshqa bir xavfsizroq joyga rezerv qilib ko‘chirish haqida o‘ylab qolishdi.

Botlar biznesga ko‘maklashadi

Yozishmalar va ishchi chatlardan tashqari, Telegram’dan biznesda servis va xizmatlar savdosi uchun to‘laqonli vosita sifatida foydalanishadi. Mazkur ilova ochiq kodli platforma bo‘lib, biror bir kompaniya, uyushma yoki vazirlik uchun bot ochishda bor-yo‘g‘i Jason dasturlash tilini bilish talab etiladi. Biznes uchun botlar yaratish — bu pul topishning yana bir yo‘nalishi.

Deyarli har bir yirik shirkat o‘zi uchun bot yaratadi. Ushbu bot yordamida , masalan, qaysi dorixonadan kerakli dorini xarid qilish mumkinligi haqida  ma’lumot olish mumkin bo‘ladi. Lekin eng ommabop va daromadli yo‘nalish — bu botlar orqali oziq-ovqat mahsulotlari va servislarga buyurtma berishdir.

Avvallari bu kabi maqsadlarni amalga oshirish uchun biznesdan mobil ilovalar yaratish talab etilardi. Endi esa xarajatlar kamaydi — botga buyurtma berib, uning faoliyatini nazorat qilib tursa bo‘lgani. Botning narxi 50 dollardan boshlanadi, mobil ilovalarni ishlab chiqish esa bir necha yuz dollarga baholanishi mumkin.

2016 yil asosiy mobil ilova yoki saytsiz, faqat bot orqali ishlaydigan GoTaxi servisi paydo bo‘ldi. Ushbu servis egasining aytishicha, biznes olti oy ichida o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash darajasiga chiqqan, telegram-bot esa mijozlar bilan bitta axborot maydonida bo‘lishga imkoniyat yaratgan.

Umumiy ovqatlanish sohasida ham mahsulot va xizmatlarni ommalashtirishda botlardan faol tarzda foydalanilmoqda. ChoparPizza shirkati rahbari Petr Tenning aytishicha, bu kabi messenjer Koreyada ham mavjud bo‘lib, undan ham internet do‘koni, ham ovqat yetkazib berish servisi sifatida foydalanishadi. Shuning uchun, bu imkoniyat Telegram’da paydo bo‘lgach, kompaniya dasturchilar bilan bog‘lanib, taom yetkazish botini ishlab chiqqan.

Botning ilk versiyasi juda oddiy va funksiyalari cheklangan edi. Yana bir oy davomida programmaning imkoniyatlarini kengaytirish, xatolarni bartaraf etish ustida ishlashgan. Ushbu bot buyurtma muddatini qisqartirib, mijozlar sonini ko‘paytirishga yordam beradi. Oradan to‘rt oy o‘tib, bot orqali amalga oshirilgan buyurtmalar soni umumiy hajmning 30 foizini tashkil qilgan.

Bundan tashqari, teskari aloqa evaziga mahsulotni yetkazib berish yoki ishlab chiqishda qaysi bosqichlarda kamchiliklar borligini aniqlash mumkin. Bu esa nuqsonlarni tezda bartaraf etishga imkon yaratadi.

Kanallar Uznet rivojlanishida qanday rol o‘ynamoqda?

Telegram-kanallar O‘zbekistondagi eng ommabop biznes vositalardan biri sanaladi. Botlardan farqli o‘laroq, kanallardan OAV xodimlari, blogerlar, davlat organlari va hokimiyat a’zolari ma’lumot yetkazish maqsadida foydalanadi.

O‘zbek tilida yangiliklar yetkazuvchi OAVlarning kanallari O‘zbekistonda eng ommabop hisoblanadi. Masalan, Daryo.uz nashri bugungi kunda 200 mingdan ko‘proq o‘quvchilariga ega, Kun.uz’ning kanaliga esa 357 301 kishi a’zo bo‘lgan. Mamlakat prezidentining kanali ham ancha mashhur bo‘lib, a’zolari soni 285 897 ta.

Shu bilan birga Telegram’da reklama bozori ham taraqqiy etmoqda. Oxirgi ikki-uch yilda Toshkentda faqat telegram-kanallardagi reklamalar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar ham paydo bo‘ldi. Misol uchun, Clickme yirik auditoriyani qamrab olishga kafolat beradi, chunki mahsulot reklamasini kamida 50 ming a’zoga ega bo‘lgan kanallarga joylashtiradi.

Kompaniya egasi Timur Bakayevning fikricha, Telegram allaqachon oddiy messenjer doirasidan chetga chiqib, haqiqiy ijtimoiy tarmoqqa aylanib bo‘lgan. Telegram foydalanuvchilari O‘zbekistonda barcha ijtimoiy tarmoqlar auditoriyasidan ko‘p.

Ishlash mexanizmi esa ancha sodda. Kompaniya bot ishlab chiqadi va uni boshqaruv huquqini beruvchi barcha qanallarga ulaydi. Shunday qilib reklama olish va o‘z auditoriyasini monetizasiya qilish istagida bo‘lgan kanallar guruhi shakllanadi. Kompaniya esa jiddiy mijozlarga ega bo‘lishga va o‘rtakashlik uchun haq olishga harakat qiladi. Minimal paket beshta kanalga ma’lumot joylashtirishni o‘z ichiga oladi, xizmat narxi esa bitta post uchun 156 dollardan boshlanadi.

Ammo buning o‘ziga xos salbiy jihatlari ham bor. Kanallar auditoriyasini boshqarish yoki kuzatishning imkoni yo‘qligi sababli biror bir statistikaga ega bo‘lish nihoyatda qiyin. Kanallar reytingi, albatta, mavjud, lekin ularning ma’lumoti bo‘yicha faqat a’zolar sonini aniqlash mumkin. Feysbukdan farqli o‘laroq, kim, kachoq va nima maqsadda postni boshqalar bilan ulashganiga oydinlik kirita olmaysiz.

Har bir ijtimoiy tarmoqda bo‘lgani kabi, Telegram’ning o‘zbek segmentida ham feyk yangiliklar, mish-mish gaplar, tasdiqlanmagan faktlar va kontent sifati o‘ta past darajada bo‘lgan kanallar ham yetarlicha.

Nima bo‘lgan taqdirda ham ushbu ilova jamiyat hayotida muhim o‘ringa ega. Bu yerda blog ochish uchun eng qulay imkoniyatlar mavjud. Toshkentda hatto kanallar hamjamiyati paydo bo‘lgan. Ular bir-birlarini «repost» qilishadi, kanallarda o‘zaro muloqot qilishadi va har biri ma’lumot ustida o‘ziga xos tarzda ish olib boradi.

Bu narsa kamida poytaxt aholisiga alohida mavzular bilan yaqinroq tanishishda yordam beradi. Misol uchun, daraxtlarni ommaviy tarzda kesish, yangi yo‘llar barpo etish yoki o‘zbekcha bekatlarni ingliz tiliga tarjima qilish masalalari bilan. Shunday qilib Telegram messenjeri ma’lum bir ijtimoiy kontekstga ega. Va ushbu kontekst o‘zbekistonliklarning ma’lumotga, mamlakatga va unda yuz berayotgan voqealarga nisbatan bo‘lgan munosabatini o‘zgartirmoqda.

Manba: makan.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

2026 yil yozda Markaziy Osiyo mamlakatlarida anomal darajada kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilishi mumkin

Таъкидланишича, об-ҳавонинг нормал ўзгариши ўрнига, минтақага улкан миқдорда ёғингарчилик тўсатдан ёпирилади.

«Barselona» yulduz futbolchisidan ko‘ngli qoldi va uni sotishga qaror qildi

Каталониянинг «Барселона» клуби ўз ҳимоячиларидан бири билан хайрлашиши мумкин.

Rossiya Moliya vazirligi va Markaziy bank Putinni ogohlantirdi

Агентлик хабарига кўра, Владимир Путин иқтисодий блокка мудофаага алоқадор бўлмаган бюджет харажатларини тежаш бўйича топшириқ берган.

O‘zbekistonning "JCH-2026"da guruh bosqichida chiqib ketishi bashorat qilindi

Футбол бўйича таҳлилий тадқиқотлар олиб борадиган Football Meets Data компанияси 2026 йилги жаҳон чемпионатида плей-офф босқичига чиқиш эҳтимоли энг паст бўлган ўнта терма жамоа рўйхатини эълон қилди, деб хабар беради Sports.kz.

APLda narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar ma’lum qilindi: Husanov ham "top-10"da

Футболчиларнинг трансфер қийматини баҳолашга ихтисослашган "Transfermarkt" портали 2025/26 йилги мавсум якунланганидан сўнг Англия Премьер-лигаси бўйича маълумотларни янгилади.

Million rossiyalik mamlakatni tark etdi

Тадқиқот муаллифларининг таъкидлашича, уруш бошланганидан кейин ҳарбий хизматдан қочишга уринган ва мамлакатни тарк этаётган эркаклар сони сезиларли даражада ошган.

O‘zbekiston – Niderlandiya o‘rtoqlik o‘yini Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi

8 июнь куни футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон чемпионати олдидан сўнгги ўртоқлик учрашувини ўтказади. Рақиб Европанинг етакчи жамоаларидан бири – Нидерландия терма жамоаси бўлади.

Superkompyuter Jahon chempionati-2026 g‘olibini bashorat qildi

Opta таҳлилчилари суперкомпьютерни ишга тушириб, терма жамоаларнинг Жаҳон чемпионатида ғалаба қозониш имкониятларини ҳисоблаб чиқишди.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tekkanligi aytilmoqda. Gumonlanuvchi 2004 yilgi Olimpiada bronza medali sohibi(?)

Ижтимоий тармоқда ИИБ ходими вояга етмаган шахснинг номусига текканлиги ҳолати юзасидан ҳабар жойлаштирилган.

Xitoy Tayvan qirg‘oqlarida maxsus operasiya boshlanganini e’lon qildi

Бу ҳақда Xinhua хабар бермоқда.

19 nafar amaldor ishdan olindi, 36 nafari jazolandi

Натижада 36 нафар ходим интизомий жавобгарликка тортилди, 19 нафар масъул эса лавозимидан озод этилди.

Italiya va boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasida Ukraina bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga keldi

La Repubblica нашри хабар беришича, бу Италия ва бошқа Европа Иттифоқи мамлакатлари ўртасида Украина билан боғлиқ айрим масалалар бўйича келишмовчиликлар пайдо бўлиши билан боғлиқ бўлиши мумкин.

Kuba fuqarolarga qurol tarqatishni boshladi

​Нашр маълумотларига кўра, бу орол атрофида кескинликнинг кучайиши ва Вашингтоннинг минтақадаги ҳарбий иштироки ортиши билан боғлиқ.

Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi: Ebola epidemiyasi rekord darajaga yetishi mumkin

АҚШнинг Касалликларни назорат қилиш ва олдини олиш марказлари (CDC) таҳлилчилари томонидан тайёрланган моделларга кўра, Марказий Африкадаги Эбола эпидемияси 2014 йилдаги рекорд даражадаги эпидемия кўламига етиши ёки ҳатто ундан ошиб кетиши мумкин.

47°C issiqlikda tong ham, tun ham yo‘q: Hindistonning eng issiq hududida bir kun

Ҳиндистоннинг Уттар-Прадеш штатидаги Банда туманида ҳаёт сўнгги ҳафталарда мисли кўрилмаган жазирама иссиқлик шароитида кечмоқда.

AQShda yarim asr ichida ilk bor harbiylar qatl etilishi mumkin

Қўшма Штатлар Қуролли Кучлари ярим асрдан кўпроқ вақт ичида биринчи марта ҳарбий қатлларни амалга оширишни режалаштирмоқда. Бу ҳақда ABC телеканали ички армия ҳужжатига таяниб хабар берди.

Ruminiya prezidenti: Konstansa portida portlagan dron Ukrainaga tegishli bo‘lgan

Руминия президенти Никушор Дан Констанца фуқаролик порти ҳудудида портлаган денгиз дрони Украинага тегишли бўлганини расман тасдиқлади.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: Isroil hujumlari oqibatida qariyb 3600 kishi halok bo‘ldi

Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълумотига кўра, 2 мартдан буён Исроил ҳужумлари натижасида ҳалок бўлганлар сони 3593 нафарга етган. Шунингдек, қарийб 11 минг киши турли даражада жароҳат олган.

Uyushgan jinoyatchilik va narkojinoyatlarga qarshi kurashda muhim natijalar

Жорий йилнинг январ–май ойларида ҳуқуқ-тартибот органларининг тезкор бўлинмалари ҳамкорлигида уюшган наркожиноятчилик ҳамда уюшган жиноий гуруҳлар фаолиятига қарши комплекс тезкор тадбирлар амалга оширилди.

Farg‘onada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Ушбу қоидабузарликлар натижасида, электр таъминоти корхонасига жами 2 миллиард 154 миллион сўмлик зарар етказилганлиги маълум бўлди.

Isroil Eron bilan urush vaqtida qo‘shinlarini maxfiy ravishda Ozarbayjonga joylashtirgan

CNN маълумотига кўра, Эрон билан қуролли тўқнашувлар давомида Исроил махсус операциялар бўлинмалари ва разведка ходимларини, жумладан «Моссад» агентларини Озарбайжон ҳудудига махфий равишда жойлаштирган.

Dubay shahzodasining sobiq rafiqasi hibsga olindi: farzandlar uchun kurash davom etmoqda

Дубайда озарбайжонлик собиқ гимнастикачи Зейнаб Жавадли ҳибсга олинди.

Ruminiyaning Konstansa porti yaqinida dengiz droni portladi

Маҳаллий оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, ҳозирда Руминия қирғоқлари яқинида яна учта денгиз дрони аниқланган.

Toshkentda avtobusda uyatsiz harakatlar qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

48 ёшли эркак Т.С. жамиятда юриш-туриш қоидаларини қасддан менсимасдан, жамоат жойида бўла туриб уятсиз ҳаракатлар содир этган.

“Chodaksoy”da cho‘kib ketgan yigitning jasadi 1 haftadan so‘ng topildi

Жараёнда туман ФВБ ёнғин-қутқарувчилари томонидан сув устида, бошқарма қутқарув отряди қутқарувчилари томонидан эса сув остида қидирув ишлари узлуксиз олиб борилган.

Kongoda Ebola epidemiyasi avj olayotgan bir paytda 11 nafar bemor kasalxobadan qochib ketdi — Bloomberg

Агентлик маълумотларига кўра, Эбола вируси Конго Демократик Республикасининг янги ҳудудлари бўйлаб тарқалмоқда, шифокорлар учун эса вазиятни назорат қилиш тобора қийинлашиб бормоқда.

Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi

Эркак Қарши туманидаги хонадонида эшак сўйиб, гўштини турли бозорларда сотиб келган. Хонадонидан 247 кг гўшт ва қарийб 100 та эшак териси топилган.

Toshkentning 5 ta hududida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi

Бу эса метро поездлари ҳаракати ҳамда бекатлардаги ёритиш тизимлари фаолиятига ўз таъсирини кўрсатган.

Kuvayt Eron bilan bog‘liq jiddiy qaror qabul qildi

Бу ҳақда Кувайт оммавий ахборот воситалари хабар берди.

Ukraina dronlari Sankt-Peterburgga hujum qildi: iqtisodiy forum kuni yirik zarbalar qayd etildi

Кечаси Санкт-Петербург ва Ленинград вилояти Украина дронлари ҳужумига учради. Ленинград вилояти губернатори Александр Дрозденко маълум қилишича, вилоят осмонида 59 та учувчисиз учиш аппарати уриб туширилган.

AQSh va Meksika chegarasi ostidagi tunneldan qiymati $45 mlnga teng bir tonna kokain topildi

Туннел гидравлик лифт, электр ва шамоллатиш тизими билан жиҳозланган.

Kubilyus: «Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaymiz» degan gap meni xavotirga soladi

Европа Иттифоқининг мудофаа бўйича комиссари Андрюс Кубилюс Европа Иттифоқи Украинани «қанча керак бўлса, шунча вақт қўллаб-қувватлайди» деган баёнотлар унда хавотир уйғотишини билдирди.

AQSh ma’lum shartlar asosida Eronning yadro energiyasidan foydalanishiga qarshi emas

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Вашингтон маълум шартлар бажарилган тақдирда Эроннинг ядро энергиясидан фойдаланишига рухсат беришга тайёрлигини билдирди.