Nihoyat! Birinchi vaksina! Putinning qizi shu vaksina bilan emlandi

Nihoyat! Birinchi vaksina! Putinning qizi shu vaksina bilan emlandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi dunyoda birinchi vaksina Rossiyada ro‘yxatga olinganini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksina samarali va barqaror immunitetni shakllantiradi. Prezidentning qizlaridan biri koronavirusga qarshi ushbu vaksina bilan emlangan.

Shunday qilib, Rossiya yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ro‘yxatga olingan dunyodagi birinchi mamlakatga aylandi.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri M.Murashkoning ma’lum qilishicha, Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqotlar markazi va «Binnofarm» kompaniyasida vaksinani ishlab chiqarish boshlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!