Putinga hujum tayyorlagan shaxs ushlandi

Putinga hujum tayyorlagan shaxs ushlandi

Bugun, 16 yanvar kuni Serbiyada Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putinga hujum qilishni rejalashtirishda gumon qilingan 21 yoshli vahhobiy qo‘lga olindi. U prezidentga Belgraddagi tashrifi vaqtida hujum qilishni rejalashtirgan. Bu haqda qalampir yozmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, polisiya patrul xizmati Novi-Pazar shahri yaqinidagi Potok qishlog‘ida Armin Alibashichni to‘xtatgan. Alibashichning sumkasi huquq-tartibot himoyachilari e’tiborini tortgan. Sumkadan miltiq va uning optik nishonga olish moslamasi topilgan.

Shundan so‘ng, darhol yosh yigitning uyida tintuv o‘tkazilgan. Tintuv vaqtida ko‘plab qurollar va bomba tayyorlash uchun uskunalar, kimyoviy modda va detonatorlar topilgan. Bundan tashqari, uyda ISHID bayrog‘i, shuningdek, ushbu terrorchilik guruhining tashviqot materiallari va adabiyotlar topilgan.

Alibashichning aloqalarini tekshirish natijasida u Rossiya prezidentining Belgradga tashrifi vaqtida unga hujum qilishni belgilagani aniqlangan. Ta’kidlanishicha, Rossiya ISHIDga qarshi urush ochganidan keyin Putin terrorchilarning nishoniga aylangan.

Xavfsizlik sohasidagi mutaxassis Jevad Galiyashevich fikricha, Alibashevich yolg‘iz harakat qilmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u kabi vahhobiylar strategik infratuzilma va odamlar ommaviy to‘planadigan joylarga hujum uyushtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!