Putin vizasiz afg‘on qochoqlarini MO mamlakatlariga joylashtirishga qarshi chiqdi

Putin vizasiz afg‘on qochoqlarini MO mamlakatlariga joylashtirishga qarshi chiqdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin afg‘on qochoqlarini ular viza olgunga qadar Markaziy Osiyo mamlakatlariga joylashtirish g‘oyasini qoraladi.
Rossiya rahbari AQSh o‘ziga vizasiz migrantlarni qabul qilmayotganini inobatga olib, bu adolatsiz ekanini ta’kidladi.
“Bu mamlakatlarga, qo‘shnilarimizga, vizasiz jo‘natish mumkin, o‘zlariga esa vizasiz olishni xohlashmaydimi? Bu masalani hal qilishdagi qanday haqoratomuz yondashuv”, - dedi u “Edinaya Rossiya” partiya vakillari bilan uchrashuvda.
Putin Afg‘onistondagi vaziyatning Rossiya xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi borligini qo‘shimcha qildi.
U qochoqlar masalasi KXTSh sammiti va boshqa tadbirlarda muhokama qilinishini bildirdi.

Rossiya yetakchisi G‘arb Markaziy Osiyo mamlakatlaridan qochoqlar uchun AQSh va Yevropaga viza olgunlariga qadar “tranzit punktlari” sifatida foydalanmoqchi ekanini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!