Putin va Merkel Istanbulga nega bordi?

Putin va Merkel Istanbulga nega bordi?

Avvalroq, Turkiya prezidentining maslahatchisi Ibrohim Kalin Istanbulda Suriya masalasiga bag‘ishlangan davlatlararo sammit bo‘lishi haqida ma’lum qilgandi. Unda Turkiya, Rossiya, Germaniya va Fransiya davlat rahbarlari ishtirok etadi.
  27 oktyabr kuni Germaniya kansleri Angela Merkel va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Istabul shahriga yetib bordi. Shuningdek, bugun Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron ham kelishi kutilyapti.











 
Bundan tashqari, sammitga BMTning maxsus vakili Staffan de Mistura tashrif buyurishi kutilmoqda.
 
Sammitda Suriyadagi 7 yildan buyon davom etib kelayotgan fuqarolik urushi borasida siyosiy yechimga erishishning eng muhim bosqichlari muhokama qilinadi. Shuningdek, Suriyaning Idlib viloyatida amalga oshirilgan sa’y-harakatlar va bu boradagi muammolar, bundan tashqari Suriya inqirozini hal etish borasida davlatlarning o‘zaro hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi.

Manba: qalampir. com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!