Putin Shveysariyani 500 yillik betaraflikdan voz kechishga majbur qilmoqda

Putin Shveysariyani 500 yillik betaraflikdan voz kechishga majbur qilmoqda

Shveysariya Mudofaa vazirligi mamlakat 500 yil davomida saqlab kelayotgan betaraflikdan voz kechishni tavsiya qilmoqda, deb yozadi Politico gazetasi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Shveysariya respublika Mudofaa vazirligi topshirig‘i bilan 2023 yil iyulidan buyon ishlab kelayotgan xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspert ishchi guruhi hisobotini e’lon qilgan.

Nashrning ta’kidlashicha, «Rossiya prezidenti Vladimir Putin butun Yevropa uchun xavf tug‘dirayotganidan kelib chiqqan xavotir mamlakatni mudofaa holatini qayta ko‘rib chiqishga undamoqda».

«Evropadagi vaziyatning keskin yomonlashuvi» munosabati bilan mualliflar Shveysariya hukumatini NATO va YEI bilan harbiy hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lida betaraflik kontsepsiyasini qayta ko‘rib chiqishga chaqirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!