Putin Makronga telegramma yubordi: "Biz siz bilan hamdardmiz"

Putin Makronga telegramma yubordi: "Biz siz bilan hamdardmiz"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya prezidenti  Emmanuel Makronga telegramma yubordi, unda u Notr-Dam-de-Nis cherkovidagi qirg‘inning shafqatsiz ekanligini ta’kidladi. Bu haqda 29 oktyabr, payshanba kuni Kreml veb-saytida xabar berildi.

"Biz yana bir bor inson axloqi tushunchasi terrorchilarga mutlaqo begona ekanligiga amin bo‘ldik", deb yozdi Rossiya rahbari o‘z murojaatida.

Putin xalqaro terrorizmga qarshi kurash "butun dunyo hamjamiyatining sa’y-harakatlarini birlashtirishni" talab qilishini ta’kidladi. "Rossiya Fransiya xalqining g‘azabi va qayg‘usiga sherik", – deya xulosa qildi u.

Ma’lumot uchun, payshanba kuni ertalab Nissadagi cherkov yaqinida noma’lum shaxs tomonidan qilingan hujum haqida ma’lum bo‘ldi. Natijada uch kishi halok bo‘ldi, qurbonlardan birining boshi kesildi. Voqea bo‘yicha tergovni antiterror prokuraturasi olib bormoqda. Hozir hujum qilgan shaxs kasalxonada. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, u hujum paytida u "Allohu Akbar!" deya baqirgan.

Nissada barcha cherkovlar vaqtincha yopiladi, deb yozadi TASS.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!