Putin: "Koronavirusga qarshi kurashda boshqa davlatlar tajribasidan foydalanavermang"

Putin: "Koronavirusga qarshi kurashda boshqa davlatlar tajribasidan foydalanavermang"

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mintaqa rahbarlarini koronavirusga qarshi kurashda boshqa mamlakatlarning, ayniqsa, koronavirusga birinchi bo‘lib "duch kelgan" davlatlarning ish bermagan tajribasidan foydalanmaslikka chaqirdi. Ularning xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarib, virus kuchayib ketmasligining oldini olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish muhimdir, dedi Putin.

Prezident juma kuni Mudofaa vazirligining hududlarida COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarga yordam beradigan tibbiy markazlarning ochilishiga bag‘ishlangan videokonferensiya o‘tkazdi.

Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov shaharda qo‘shimcha ko‘rpa-to‘shaklarni joylashtirish va yangi tibbiy markazning ochilishi haqida gapirib, boshqa davlatlar, masalan, Italiyada bemorlar "deyarli to‘shakda" davolanishini aytib o‘tdi.

"Siz boshqa mamlakatlar tajribasini yodga oldingiz. Sizdan va boshqa hamkasblardan boshqa mamlakatlarda sodir bo‘lgan voqealarni eslatmasliklarini iltimos qilaman. Ular birinchi marta ushbu muammoga duch kelishgan va bu ularga qiyin bo‘lgan. Keling, virusga qarshi o‘z usulimizda kurashaylik. Bizda hamma narsa, hammasi ​​to‘g‘ri tashkil etilgan", dedi Putin gubernatorga javoban.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!