«PSJ» Tomas Tuxelni iste’foga chiqardi

«PSJ» Tomas Tuxelni iste’foga chiqardi

«Pari Sen-Jermen» klubi jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxelni lavozimidan ozod etdi, deya xabar bermoqda L’Equipe.

Manbaning yozishicha, Parij klubi shartnomasi yakunlanishiga yarim yil qolgan germaniyalik murabbiy bilan xayrlashishga qaror qilgan. Chorshanba kuni «PSJ»ning «Strasburg» ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g‘alabasidan (4:0) keyin klub murabbiyni iste’fo haqida xabardor qilgan.

Avvalroq, Parij klubi Tuxel bilan amaldagi shartnomani uzaytirmasligi haqida xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun, «PSJ» Fransiya chempionati 17-turidan keyin 35 ochko bilan yilni 3-o‘rinda yakunladi. «Lion» va «Lill» dastlabki ikki o‘rinda borishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!