Prezident hali xotirjamlikka o‘rin yo‘qligini ta’kidladi

Prezident hali xotirjamlikka o‘rin yo‘qligini ta’kidladi

Bugun Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari tadbir avvalida mamlakatimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tdi. So‘nggi o‘n kunda o‘rta hisobda kuniga 70-80 kishida kasallik aniqlangani, hali xotirjamlikka o‘rin yo‘qligini ta’kidladi.

? Oxirgi bir oyda 32 ta charter reys orqali 8 mingga yaqin, chegara postlari orqali 20 mingdan ortiq fuqaro yurtimizga olib kelingan. Ularning ko‘pchiligida kasallik topilgan.

✔️ «Qizil» va «sariq» hududlar hisoblangan viloyat, shahar va tumanlarda karantin qoidalariga qat’iy amal qilish shartligi yana bir bor aytib o‘tildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!