Poytaxtda 20 ga yaqin yo‘nalishdagi avtobus harakati o‘zgardi

Poytaxtda 20 ga yaqin yo‘nalishdagi avtobus harakati o‘zgardi

Avvalroq, “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining Yunusobod yo‘nalishida olib borilayotgan yangi yer osti qurilish liniyalarining ikkinchi tunnelida burg‘ulash ishlari yakuniga yetkazilgani haqida xabar bergan edik.

Hozirda Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqich qurilishlari doirasida yerosti o‘tish yo‘lini barpo etish ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan ta’mirlash ishlari yakuniga qadar hududdagi Ahmad Donish ko‘chasining Yangi shahar ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha bo‘lgan qismidagi o‘tish yo‘li avtotransport harakati uchun yopiladi.

Yo‘l yopilishi jamoat transporti — avtobuslar harakatiga ham ta’sir o‘tkazadi. Xususan, yuqoridagi manzildan harakatlanuvchi 5, 25, 36, 52, 60, 72, 82, 91, 95, 96, 97, 111, 119, 140, 149, 151, 152, 190, 198-sonli yo‘nalishlardagi avtobuslar yo‘nalish harakatini Ahmad Donish ko‘chasidan Yangi shahar hamda Amir Temur ko‘chalari orqali davom ettiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!