Poroshenko noyabr oyida qancha maosh olgani ma’lum qilindi

Poroshenko noyabr oyida qancha maosh olgani ma’lum qilindi

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko noyabr oyida 28 ming grivna (1 ming dollar) maosh olgan, deb xabar berdi «Ukrainskiye novosti» nashri.

Xabarda aytilishicha, ushbu maoshdan 5,4 ming grivna (196 dollar) soliq va yig‘imlarga, qolgan qismi esa xayriya maqsadlari uchun o‘tkazilgan.  

2017 yilgi deklarasiyaga ko‘ra, Poroshenko o‘tgan yili 16,3 million grivna (580 ming dollardan ortiq)  daromad ko‘rgan. «Fokus» jurnalining yozishicha, Poroshenkoning boyligi o‘tgan yili 589 million dollardan 542 million dollarga kamaygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!