Poroshenko bir yildan keyin yana Ukraina prezidenti bo‘lmoqchi

Poroshenko bir yildan keyin yana Ukraina prezidenti bo‘lmoqchi

Uning himoyasi uchun tashkillashtirilgan namoyish ishtirokchilari bir yildan keyin deya janjal ko‘tarishgan. Ukraina yetakchisi jilmayib, shunday javob berdi: Bir yildan keyin bo‘lsa, bir yildan keyin-da .

 

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Konstitusiyada belgilangan tartibda yana 5 yildan keyin saylov tashkil etgan holda, yana mamlakat rahbari bo‘lish to‘g‘risidasi rejalarini ma’lum qildi. Hukumatning amaldagi yetakchisi administrasiya atrofida tashkil etilgan namoyishda ushbu qarorini ma’lum qilgan.

 

U shuningdek, siyosatdan ketmasligini ta’kidlagan va yaqin kelajakdagi umumiy g‘alabalar uchun birlashishga chaqirgan.

 

 

Biz birgalikda parlament saylovlarida g‘alaba qozonamiz va keyingi saylovlardan so‘ng birgalikda Bankovaya ko‘chasiga (Prezident ma’muriyati - tah.) qaytamiz

Pyotr Poroshenko

Namoyish ishtirokchilari Bir yildan keyin deya janjal ko‘tara boshlagan. Poroshenko jilmayib, shunday dedi: Bir yildan keyin bo‘lsa, bir yildan keyin .

Eslatib o‘tamiz, to‘plangan 99 foiz ovozning yakuniy hisob-kitobigu ko‘ra, Zelenskiy 73,21 foiz ovoz to‘plab mutloq g‘alabaga erishdi, Petr Poroshenko esa 24,46 foiz ovozga ega bo‘ldi.

 

life.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!