Polshada vertolyot qulab tushdi: halok bo‘lganlar bor

Polshada vertolyot qulab tushdi: halok bo‘lganlar bor

Polshada vertolyotning qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda “One” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa 30 iyun, seshanba kuni soat 20:30lar atrofida Polshaning Quyi Sileziyadagi Stshegom shahri yaqinida yuz bergan.

"Bu ikki kishiga mo‘ljallangan vertolyot bo‘lib, noma’lum sabablarga ko‘ra yerga qulab tushgan. Baxtsiz hodisa natijasida o‘rta yoshli ikki kishi vafot etgan", deydi tuman yong‘in xodimi Shidlovskiy voqea joyiga yettita yong‘in xizmati xodimlari yuborilganligini ta’kidlar ekan.

"Yong‘in sodir bo‘lmadi, ammo vertolyotdan juda katta yoqilg‘i oqib chiqishi sababli hududni xavfsizlantirishga majbur bo‘ldik", - deya qo‘shimcha qildi Shidlovskiy.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!