Polni yuvayotgan surati tarqalgan ayolning turmush o‘rtog‘i Toshkent shahar IIBB bilan bog‘landi

Polni yuvayotgan surati tarqalgan ayolning turmush o‘rtog‘i Toshkent shahar IIBB bilan bog‘landi

Yunusobod tumani migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limida polni yuvishga «majburlash» bilan bog‘liq holat Toshkent shahar IIBB uchun kutilmagan holda o‘z yechimini topdi. Turmush o‘rtoqlar Boxodir va Kamola K. Uznews.uz yangiliklar sayti orqali ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining malomatlaridan oilalarini himoya qilishni hamda ayolning rasmini Internetga joylagan shaxslarga ta’sir ko‘rsatishni so‘rashdi.

Ayolning turmush o‘rtog‘i yuqoridagi sayt jurnalistlari bilan bog‘langanidan so‘ng, bizning idora internet-manbaidan ayolning rasmi shu zahotiyoq o‘chirildi.

Kecha Boxodir va Kamola Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati vakillari va Yunusobod tumani MvaFR bo‘limi xodimlari bilan uchrashishdi. Quyida ulardan bayon qilamiz.

– Internetda turmush o‘rtog‘imning rasmi chiqqani va uni faol muhokama qilishayotgani haqida xabarim yo‘q edi, – deydi Boxodir. – Ular o‘sha kuni MvaFRBga 16 yoshga to‘lgan qizimizga pasport rasmiylashtirish uchun borganliklarini bilardim. U yerda bo‘lib o‘tgan vaziyat haqida turmush o‘rtog‘im menga hech nima demagan edi. Chunki u farzandini ortidan tozalash haqidagi iltimosni hech qanday haqorat yoki qo‘pol muomala deb qabul qilmagan. Bular haqida o‘rtog‘im Uznewsning Instagramdagi sahifasidan skrinshot jo‘natganidan keyin bildim. Rasm ostidagi matnni o‘qidim. Tabiiyki, nima bo‘lganini tushuntirishni talab qildim. Ayolim mendan ko‘ra ko‘proq ajablandi. U kichik qizimiz o‘sha kuni sharbatini to‘kib yuborganini va xizmat kiyimida bo‘lmagan kishi tanbeh berganini aytdi.     

– Men o‘zim atrofdagilardan hojatxona qayerdaligi haqida so‘rab, u yerdan shvabrani olib polni artib qo‘ydim. Meni shu onda suratga olganliklarini payqamadim. Nima uchun meni rasmimni qayergadir jo‘natish va yolg‘on gaplarni yozish kerakligini hech tushuna olmayapman. Nima uchun rasmimni internetda chiqarish uchun mendan roziligimni so‘rashmadi? Nimaga mening fikrim bilan qiziqib ko‘rishmadi? – deya achchiqlandi Kamola.

Biz hammani qiynagan asosiy savolni berdik: MvaFR bo‘limi boshlig‘i qo‘pollik qilganmidi? Kamoladan esa buni inkor etdi. “Balki, ovozi badandroq bo‘lgandir?” – deb qayta so‘radik.

– Balandroq gapirgandi, ammo qo‘pol tarzda emas. Uning tanbehi meni xafa qilgani ham, haqorat qilgani ham yo‘q, – ayolning javob shu bo‘ldi.

Boxodir va Kamola bizga quyidagilarni qo‘shimcha qilishdi:

– Birinchidan, biz rasm internetda joylanganidan g‘azabdamiz va barcha OAVlarni hodisa to‘g‘risidagi ma’lumotni olib tashlashlarini so‘raymiz.

Ikkinchidan, biz Troll.uz blogeri bilan yuzma-yuz ko‘rishishni va u bilan gaplashib olishni xohlaymiz. Ayolning turmush o‘rtog‘i buni talab qilayotganligini ta’kidlab o‘tishingizni so‘raymiz. MvaFR bo‘limi boshlig‘i ham qatnashishi kerak deb o‘ylaymiz.

Uchinchidan, internetda chiqqan yolg‘on ma’lumotdan bizning va barcha qarindoshlarimizning qahri keldi. 200 foiz noto‘g‘ri ma’lumot. Buni shaxsiy hayotga aralashuv deb bilamiz. Bir shaxs boshqa insonning shaxsidan o‘z maqsadlarida uning roziligisiz foydalanayotganida qanday madaniyat haqida gapirish mumkin. Bizningcha, bunday holatlar madaniyatli jamiyatda uchramasligi lozim.    


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!