Piyodaning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda

Piyodaning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda

Namangan viloyatining Chust tumanida 11 fevral kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Zarafshon MFY hududidan o‘tuvchi yo‘lining 41-km.da haydab ketayotib piyoda, Mirzaobod MFYda yashagan 35 yoshli O‘.T.(ismli ayol)ni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, O‘.T. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan. Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.
Hurmatli fuqarolar, agar orangizda kimda-kim ushbu shaxs va avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsa, ichki ishlar organlarining xodimlariga yoki 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!