Piter Odemvingiye «Bunyodkor»da to‘p tepadimi?

Piter Odemvingiye «Bunyodkor»da to‘p tepadimi?

Taniqli nigeriyalik futbolchi Piter Odemvingiye ayni paytda Toshkentda bo‘lib turibdi. Kun.uz manbasining tasdiqlashicha, uni Bunyodkor bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z klubida to‘p surish uchun taklif etgan.

37 yoshli hujumchini bugun qaldirg‘ochlar ning Buxoro ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini kuzatayotgan Bunyodkor murabbiylari bilan ko‘rishgan. Manba ma’lumotiga ko‘ra, Abramov haqiqatan ham uni jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida chaqirgan, ammo Bunyodkor rahbariyatiga bu nomzod bilan shartnoma imzolash varianti ma’qul kelmagan.

Odemvingiye ertaga, 10 fevral kuni Toshkentdan jo‘nab ketishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Piter 1981 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Faoliyati davomida Lill , Lokomotiv Moskva, Vest Bromvich , Kardiff va Stok Siti kabi klublarda o‘ynagan; Nigeriya terma jamoasi safida Afrika millatlar kubogining uch karra bronza medali sohibi bo‘lgan. U 2017 yildan buyon Indoneziyaning Madura Yunayted klubi sharafini himoya qilayotgan edi.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!