Pirlo Ronalduning ketishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

Pirlo Ronalduning ketishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo hujumchi Krishtianu Ronalduning ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

«Ronalduning holati yaxshi. Tabiiyki, boshqalar kabi, u ham Chempionlar Ligasini tark etganimizdan afsusda.

Mish-mishlar paydo bo‘lishi tabiiy, chunki u Messi bilan bir qatorda dunyodagi eng muhim futbolchisi. Ronaldu har doim "Yuventus" da yaxshi o‘ynagan, 90 dan ortiq gol urgani bunga dalolat qiladi.

Bizga bunday tajribali futbolchilar kerak. Faqatgina yosh o‘yinchilardan iborat jamoa tuzib bo‘lmaydi», - dedi murabbiy.

Xabar qilinishicha, Ronalduning o‘zi «Real» ga qaytmoqchi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!