“Paynet”ni tunagan o‘g‘ri aniqlanib ushlandi

“Paynet”ni tunagan o‘g‘ri aniqlanib ushlandi

Joriy yilning 2 yanvarga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Andijon shahrida Jumabozor MFYda joylashgan Andijon tumanida yashovchi K.A.ga tegishli Paynet shahobchasi eshigini buzib kirib, u yerdan 3 mln. 350 ming so‘m puli va vaucher to‘lov kartalarini o‘g‘irlab ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Kalandarxon MFYda yashovchi SH.T. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!