Payariqda tadbirkorlarning 548,5 mln so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan firibgarlarning qilmishi fosh bo‘ldi

Payariqda tadbirkorlarning 548,5 mln so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan firibgarlarning qilmishi fosh bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro T.M. va boshqalar tumandagi “D.” MCHJ hamda “M.” oilaviy korxonasini boshqargan davrida, Toshkent shahridagi “D.”va “P.” MCHJlar hamda “E.” xususiy korxonasining 548,5 mln so‘mlik mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari, shuningdek fuqaro SH.ning ishonchiga kirib, uning nomiga yuqoridagi sub’ektlardan 171 mln so‘mlik mebel jihozlarini qabul qilib olganligi to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirib, mahsulotlar sotuvidan tushgan naqd pul mablag‘larini bank muassasasiga topshirmasdan savdo qoidalarini buzganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!