"Paxtakor" stadionidagi tartibsizlik bo‘yicha 16 kishi qamoqqa olindi

"Paxtakor" stadionidagi tartibsizlik bo‘yicha 16 kishi qamoqqa olindi

Joriy yilning 11 iyun kuni Toshkent shahridagi «Paxtakor» stadionida Osiyo kubogi o‘yinlari doirasida O‘zbekiston-Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yining 12 daqiqasida, hakam tomonidan jamoalardan biriga 11 metrlik jarima to‘pi belgilanganda, stadionga tashrif buyurgan ayrim tomoshabinlar norozilik bildirib maydonga plastmassa suv idishi va oyoq ostidan ko‘chirib olingan beton parchalarini uloqtirganlar.

Natijada, stadionda fotomuxbir sifatida xizmat olib borayotgan 1992 y.t. J.S. qorin bo‘shlig‘idan jarohat olgan. Unga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganilib, ommaviy tadbir jarayonida jamoat tartibini buzgan 47 nafar shaxslar aniqlandi. Ularning 6 nafariga sud tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi, 10 nafariga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda 3 nafariga jazo sifatida jarima tayinlangan. Qolgan 28 nafar fuqarolarga nisbatan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Surishtiruv jarayonida fuqaro J.S. o‘ziga nisbatan tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan da’vosi yo‘qligini ma’lum qilgan.

IIV Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!