Pandemiya davrida dunyoda olmosga bo‘lgan talab oshdi

Pandemiya davrida dunyoda olmosga bo‘lgan talab oshdi

Pandemiya davrida dunyoda olmosga bo‘lgan talab oshdi, deb xabar bermoqda «Izvestiya» telekanali.

2020 yilgacha odamlar pullarining ko‘p miqdorini sayohat va restoranlarga sarflagan. Karantin cheklovlari iste’molchilarning xohish-istaklarini o‘zgartirdi. Ta’kidlanishicha, olmos chiqarish va sotish bo‘yicha yirik xalqaro tashkilot bo‘lgan "De Beers" narxlarini 5 foizga oshirgan bo‘lsa ham, olmosga talab pasaymadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya olmos yetkazib berish bo‘yicha 600 million dollarlik shartnoma imzolamoqchi. Bitim so‘nggi uch yil ichida sohadagi eng yirik kelishuv bo‘lishi mumkin.

Bozorning ba’zi ishtirokchilari ta’kidlashicha, COVID-19ga qarshi ommaviy emlash olmosga bo‘lgan talabning pasayishiga olib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “De Beers” - tabiiy olmoslarni qazib olish, qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullanadigan xalqaro korporasiya. U 1888 yilda hozirgi Janubiy Afrikada tashkil etilgan. Reklama shiori: «Olmoslar abadiydir».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!