Pandemiya: Dunyoda smartfonlar savdosi 16 foizga kamaydi

Pandemiya: Dunyoda smartfonlar savdosi 16 foizga kamaydi

Joriy yilning iyul oyi oxiri holatiga ko‘ra, butun dunyoda smartfon savdolari hajmi pasayishi kuzatildi, deb xabar berdi finprom.kz.

Joriy yilning ikkinchi choragida jahonda yil davomida smartfonlar savdosi 16 foizga pasayishi kuzatildi. Buning asosiy sababi pandemiyaning kompaniyalar faoliyatiga salbiy ta’siridir. 2020 yilning ikkinchi choragida kompaniyalar jami 278,4 million dona smartfon sotishgan.

Smartfonlar yetkazib berish bo‘yicha birinchi o‘rinda Huawei turibdi: Xitoy kompaniyasi 55,8 million dona smartfon sotgan, bu jahon bozorining 20 foizi demakdir.

Ikkinchi o‘rinni 54,2 million dona smartfon (bozorning 19,5 foizi) bilan Samsung egaladi. Apple 37,6 million dona smartfon (13,5%) bilan kuchli uchlikka kirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!