Ovoz beruvchilarning 57,7 foizi Mahalla vazirligini tugatish kerak, degan fikrda

Ovoz beruvchilarning 57,7 foizi Mahalla vazirligini tugatish kerak, degan fikrda

Yodingizda bo‘lsa, Hukumatni ixchamlashtirish mavzusidagi muhokamalar doirasida kanalim orqali bir so‘rovnoma tashkil qilgan edim. Unda yurtimizdagi naq 24 ta (!) vazirlikdan qaysi birigi tugatish, qaysilarini esa qo‘shib yuborish kerak, deya yuzlangandik. So‘rovnomada jami 4 ming 648 nafar respondent ishtirok etdi, deb yozadi xushnudbek kanali.

Natijalarga e’tibor qaratsak, ovoz beruvchilarning mutloq ko‘pchiligi, aniqrog‘i 57,7%i Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligini tugatish kerak, degan fikrda. Shuningdek, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (46,8%) hamda Innovasion rivojlanish vazirligi (43,1%)ga ham tugatish kerak degan ovozlar ko‘p berilgan.

Berilgan ovozlarga qarasak, 6 ta vazirlik boshqalariga qaraganda sezilarli ravishda kam ovoz to‘plashgan. Ya’ni ovoz beruvchilarning katta qismi Mudofaa (1,1%), Sog‘liqni saqlash (1,5%), Tashqi ishlar (1,7%), Moliya (1,9%), Ichki ishlar (2%) va Adliya (2,2%) vazirliklari albatta bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi.

Ovoz beruvchilarning 7,3 foizi esa hech qaysi vazirlikni tugatish kerak emas, 24 tasi qolaversin, degan fikrda bo‘lgan.

Quyidagi ro‘yxatda tugatilishi haqida eng ko‘p ovoz olgan vazirliklar ro‘yxatini ko‘rishingiz mumkin:

1. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi 57,7%
2. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi 46,8%
3. Innovasion rivojlanish vazirligi 43,1%
4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 41%
5. Suv xo‘jaligi vazirligi 34,9%
6. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 29,9%
7. Qurilish vazirligi 27%
8. Maktabgacha ta’lim vazirligi 24,7%
9. Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi 21%
10. Turizm va sport vazirligi 20,9%
11. Madaniyat vazirligi 20%
12. Transport vazirligi 17,9%
13. Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi 14,7%
14. Energetika vazirligi 13,6%
15. Qishloq xo‘jaligi vazirligi 12,4%
16. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 10,6%
17. Xalq ta’limi vazirligi 7,7%
18. Favqulodda vaziyatlar vazirligi 7,5%
19. Adliya vazirligi 2,2%
20. Ichki ishlar vazirligi 2%
21. Moliya vazirligi 1,9%
22. Tashqi ishlar vazirligi 1,7%
23. Sog‘liqni saqlash vazirligi 1,5%
24. Mudofaa vazirligi 1,1%

Tez orada so‘rovnomamizning ikkinchi qismi, ya’ni qaysi vazirliklarni bir-biriga qo‘shib yuborish kerak, degan savol bo‘yicha natijalarni e’lon qilamiz.


Tez orada so‘rovnomamizning ikkinchi qismi, ya’ni qaysi vazirliklarni bir-biriga qo‘shib yuborish kerak, degan savol bo‘yicha natijalarni e’lon qilamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!