Ostonada polisiya xodimlari mushtlashdi: barcha “pahlavonlar” ishdan bo‘shatildi - video

Ostonada polisiya xodimlari mushtlashdi: barcha “pahlavonlar” ishdan bo‘shatildi - video

Mushtlashuvda ishtirok etgan besh nafar polisiya xodimlari ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Ostona polisiya departamenti matbuot xizmati xabar qildi.

Polisiya xodimlari o‘rtasida yuz bergan mushtlashuv video internetda tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.

Tekshiruv natijasi bo‘yicha yo‘l-patrul polisiya rota komandiri egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Yo‘l-patrul polisiya rahbariyati qattiq intizomiy jazoga tortildi. Mushtlashuv besh nafar ishtirokchisi: ikki nafar uchastka polisiya inspektorlari va uch nafar yo‘l-patrul polisiya xodimlari ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi , - deb ma’lum qilishdi departament vakillari.

Bu videorolik Instagram va Facebook tarmog‘ining bir necha guruhlarda joylashtirilgandi. Hozirda bir nechtasi o‘chirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!