Oshxonaga o‘g‘rilikka tushganlar ushlandi

Oshxonaga o‘g‘rilikka tushganlar ushlandi

2019 yil 19 dekabr kuni soat 20:30larda Buxoro shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan M.R va Buxoro tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan H.N.lar o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib Buxoro tuman Shergiron mahallasida yashovchi R.T.ga tegishli oshxona (somsaxona)ga eshik oynasini sindirish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan jami bahosi 235.000 so‘mlik go‘sht, bahosi 1.120.000 so‘mlik kuzatuv kamerasining xotirasi va 3.000.000 so‘m naqd pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganliklari aniqlangan. 
Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!