Oman dunyoning eng xavfsiz davlatlaridan bir sifatida tan olindi

Oman dunyoning eng xavfsiz davlatlaridan bir sifatida tan olindi

Sayyohlik reytinglariga ko‘ra, Oman sultonligi sayyohlar uchun dunyoning eng xavfsiz davlatlaridan biri sifatida tan olindi. Bu haqda Muslimpolitic nashri xabar tarqatdi.

Ta’kidlanishicha, Oman 6,5 ball to‘plagan holda Islandiya bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Birinchi o‘rinni Finlyandiya egallagan.

Reyting tuzishga mas’ul bo‘lganlarning aytishiga qaraganda, uni tuzishda mamlakatdagi umumiy jinoyatchilik va zo‘ravonlik darajasi, terrorchilik hujumlari ehtimoli, shuningdek polisiya xizmatlarining ish sifatiga e’tibor berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!