"OLX"da "Noutbuk" sotaman deb fuqarolarni pulini noqonuniy undirip kelayotgan firibgar qo‘lga olindi

"OLX"da "Noutbuk" sotaman deb fuqarolarni pulini noqonuniy undirip kelayotgan firibgar qo‘lga olindi


——
Farg‘ona shahrida yashovchi 36 yoshli A.SH. IIOga murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 4.000.000 so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
———
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi 37 yoshli X.S. sodir etganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, X.S., A.SH. bilan telegram messenjerida tanishib, unga "OLX" platformasi orqali "Acer" rusumli kompyuter qurilma sotishini aytib, oldindan plastik kartasiga 4.000.000 pullarni o‘tkazdirib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uni qora ro‘yxatga kirgazib qo‘yganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan X.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi ”g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
———
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi ”g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
————


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!