Oltiariqda sobiq ombor mudiri 807 mln so‘mlik ko‘mirni “eb ketdi”

Oltiariqda sobiq ombor mudiri 807 mln so‘mlik ko‘mirni “eb ketdi”

Oltiariq ko‘mir omboridagi 807,1 million so‘mlik talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Sputnik nashriga ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tuman bo‘limi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “Ko‘mir ta’minot” MCHJga qarashli Oltiariq ko‘mir ombori sobiq mudiri M.M. umumiy qiymati 807,1 mln so‘m bo‘lgan 1 566 tonna ko‘mir mahsulotlarini sotib yuborib, talon-taroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!