Olti yilda bir marta o‘tkaziladigan diniy festival boshlandi

Olti yilda bir marta o‘tkaziladigan diniy festival boshlandi

Hindistonning Uttar Pradesh shtatida eng yirik diniy bayramlardan biri Kumbh Mela boshlandi. Bu festival har olti yilda bir marta o‘tkaziladi, deydi news.bigmir.net .

Ma’lum bo‘lishicha, bu diniy bayramda Ollohabad, Haridvar, Ujain va Nashik shaharlaridan kelgan minglab ziyaratchilar ishtirok etishadi. Gang, Sangam va Sipra kabi muqaddas suvlarda poklanishadi.

2019 yilda hukumat 150 millionga yaqin insonlarning kelishini taxmin qilmoqda, ulardan bir millioni chet elliklar bo‘lishi mumkin.

Ziyoratchilar uchun 600 ta ommaviy oshxonalar, bir kechalik turar joy va vaqtinchalik ko‘priklar tashkil etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!