Olmazor tumanida yong‘in: 6 nafar fuqaro qutqarib qolindi

Olmazor tumanida yong‘in: 6 nafar fuqaro qutqarib qolindi

Bugun, 3 avgust kuni, soat 13:32da Olmazor tumani, Shimoliy Olmazor ko‘chasi  13-uyning 12 xonadonida yong‘in kelib chiqqan

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘in uy oshxonasiga va oshxona jihozlariga zarar yetkazgan. Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 13:38da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 13:59da to‘liq bartaraf etilib, uyning 50 kv.m maydoni saqlab qolingan.

Qayd etilishicha, 6 nafar fuqaro zudlik bilan xavfsiz joyga olib chiqilib, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yong‘in joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.

Yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!