Olimlar ozish uchun eng yaxshi parhezni aniqlashdi

Olimlar ozish uchun eng yaxshi parhezni aniqlashdi

Alberta universiteti mutaxassislari ozish uchun eng yaxshi parhez oqsil miqdori ko‘p bo‘lgan parhez ekanligini aniqlashdi.

Bu haqda “American Journal of Clinical Nutrition” jurnalida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, izlanish davomida olimlar 43 ta ko‘ngillidagi moddalar almashinuvi ko‘rsatkichlarini o‘rganishgan. Birinchi guruh kunlik kaloriya miqdorini yuqori proteinli kokteyllardan, ikkinchisi esa odatdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan olishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, birinchi guruh ishtirokchilari ko‘proq kilokaloriyadan qutilishgan.

Tadqiqot mualliflari buni oqsilning moddalar almashinuvini tezlashtirishi bilan izohlashmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!