Olimlar mayyalar sivilizasiyasi halokatining dastlabki sababini ma’lum qildi

Olimlar mayyalar sivilizasiyasi halokatining dastlabki sababini ma’lum qildi

Ma’lum bo‘lishicha, Mayya sivilizasiyasi davomiy qurg‘oqchilik tufayli zavolga yuz tutgan. Yog‘ingarchilik kamayib, havoning namlik darajasi 7 foizga tushgan.

Kembrij universiteti olimlari suv tarkibidagi izotoplarni hisoblash metodini kashf qilgan. Ushbu metod yordamida tadqiqotchilar sivilizasiyaning siyosiy va iqtisodiy tanazzulining sabablarini aniqlagan. Olimlar Chichankanab ko‘lining tubini tadqiq qilish davomida hududda qurg‘oqchilik bo‘lgani haqida xulosa qilgan. Tadqiqotlar Yukatan yarimoroli va Meksikaning janubiy hududlarida 5 marta yirik qurg‘oqchilik bo‘lgani, ularning har biri o‘nlab yillar davom etganini aniqlagan. Bu holat mintaqada urushlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!