Odiljon Aslonov 11 noyabr kuni Yekaterinburgda ringga ko‘tariladi

Odiljon Aslonov 11 noyabr kuni Yekaterinburgda ringga ko‘tariladi

Ikkinchi o‘rta vazn toifasidagi professional bokschimiz Odiljon Aslonovning (5-0-1) navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, hamyurtimiz 11 noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida tashkil etiladigan RCC Boxing professional boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Aslonovga shu kuni rossiyalik Rafi Xchoyan (2-1-1) raqiblik qiladi. Jang 8 raund etib belgilangan.

Eslatib o‘tish joiz, Odiljon so‘nggi jangini shu yilning 8 sentyabr kuni Erik Katompaga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan edi. 26 yoshli Rafi Xchoyan esa so‘nggi bor 17 avgust kuni Ilya Ochkin bilan jang qilib, g‘alaba qozongandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!