Och yurgan... muhaddis bo‘ladi

Och yurgan... muhaddis bo‘ladi

Jismning ozuqasi jihatidan biroz eshiting. Kim eng ko‘p och bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha eng buyuk muhaddis bo‘lgan.

Sahobalar roziyallohu anhum ichida eng ko‘p och yurgan sahoba kim edilar? Abu Hurayra roziyallohu anhu eshik oldida yotar edilar, yeyishga biror narsa topa olmaganlar. Lekin eng buyuk muhaddis bo‘ldilar.

Imom Buxoriy rahmatullohi alayh bir kun kasal bo‘ldilar. Tabib peshobni tekshirib ko‘rdi va: “Bu odam hecham qora murch iste’mol qilmaganmi?” deb so‘radi. Shogirdlar: “Hazrat! Tabib shunday deyapti”, deyishdi. Imom Buxoriy rahmatullohi alayh: “Ha, o‘tgan o‘n sakkiz yildan beri hecham qayla va non yemadim” dedilar. “Hazrat! Undoq bo‘lsa, qanday kun kechirasiz?” deb so‘radilar. Shunda Imom Buxoriy rahmatullohi alayh: “Men 5-7 dona bodom yeb olib, butun kunimni o‘tkazib olaman”, dedilar.

Eydigan taomlari shu edi, ilmda esa qanday daraja topdilar? Eng buyuk muhaddis bo‘ldilar.

Ma’lum bo‘ladiki, ilm hosil qilish uchun faqat bir qarashda miyaning ozuqasi bo‘ladigan narsaning foydasi bo‘lmaydi. To‘g‘ri, bu narsalardan aql rivojlanadi. Aql orqali hosil bo‘lgan ilm esa foydali ilm bo‘lavermaydi. Ibodat va taqvo yo‘li ila erishilgan ilm boqiy ilm bo‘ladi.

Siz ibodat yo‘li ila ilm hosil qilishga harakat qiling.Taqvo orqali ilm hosil qiling. Sunnatlarni jamlash orqali ilm hosil qiling. Ilmga amal qilish orqali ilm hosil qiling. Shu tarzda Alloh ta’olo sizning qalbingizga butun umr foyda beradigan ilmni tushiradi....

Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning "Ilme nafe" kitobidan Abdulqayyum Komil tarjimasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!