OAV: “Pfizer” vaksinasi mamlakatlarga yetkazib berila boshlandi”

OAV: “Pfizer” vaksinasi mamlakatlarga yetkazib berila boshlandi”

Amerikaning “United Airlines” aviakompaniyasi dunyo bo‘ylab “Pfizer” tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusning yangi turiga qarshi vaksinani yetkazib berishni boshladi.

Bu haqda  “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, aviakompaniya preparatni charter yuk reyslari bilan AQShning Michigan shtatidagi omborlarga, shuningdek, Belgiyaga yetkazib beradi.

Kelajakda esa AQShning Viskonsin shtati va Germaniyaga vaksinalar yetkazib berish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!