Nursulton Nazarboyev qozog‘istonliklarni pandemiyada vazmin va sovuqqon bo‘lishga chaqirdi

Nursulton Nazarboyev qozog‘istonliklarni pandemiyada vazmin va sovuqqon bo‘lishga chaqirdi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev maqola yozib, qozog‘istonliklarning salomatligi jiddiy xavfga duch kelgan ayni paytda mamlakat fuqarolarini vazmin va sovuqqon bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda sobiq davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Nazarboyevning qayd etishicha, Qozog‘iston dunyo mamlakatlari orasida birinchilardan bo‘lib pandemiyaga qarshi kurashni boshladi. Uning aytishicha, mamlakat hukumati pandemiyaning oldini olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazgan, tegishli davlat organlari esa maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan. Buning natijasida, koronavirusning yo‘liga to‘siq qo‘yildi, u bilan bog‘liq vaziyat uzluksiz nazoratda, deyiladi Nazarboyevning maqolasida.

Nazarboyevning fikricha, yuzaga kelgan vaziyat hukumat tomonidan olib borilayotgan integrasiya jarayonlari, xususan, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (EII) doirasida to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatmoqda. Sobiq prezident yuzaga kelayotgan jahon iqtisodiy inqirozi sharoitida xalqni birlik va ahillikni saqlashga, mustaqillikni saqlab qolishga chaqirgan.

Siyosatchining ta’kidlashicha, ayni paytda mamlakatda og‘ir sinovni yengib o‘tish uchun barcha imkoniyat mavjud, shuning uchun, fuqarolarning o‘zini yo‘qotish va vahimaga tushishiga asos yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 700 kishidan oshdi, tibbiyot xodimlarining 120 nafari koronavirus yuqtirib olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!