Nurdinjon Ismoilov — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi

Nurdinjon Ismoilov — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi

Bugun, 20 yanvar kuni, yangi chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ilk majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining spikeri, uning o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlar ko‘rsatish bo‘yicha siyosiy partiyalar vakillari kengashi saylandi.

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining spikeri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari saylandi.

Nurdinjon Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerligiga tavsiya etildi va deputatlar tomonidan bir ovozdan saylandi.

Nurdinjon Ismoilov 1959 yilda Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 1980 yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos. Ilmiy darajasi: yuridik fanlari nomzodi. 1999 yilda «Shuhrat» medali, 2002 yilda «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!