Nomi ulug‘, suprasi quruq direktor o‘rinbosarlari yoxud erkaklarni qaytara olamizmi shu oylikka?

Nomi ulug‘,  suprasi quruq direktor o‘rinbosarlari yoxud erkaklarni qaytara olamizmi shu oylikka?

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 28 dekabrdagi  “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalari hamda “Mehribonlik” uylari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 406-sonli buyrug‘iga muvofiq CHQBT rahbari - Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga o‘zgartirildi.

Mantiqar to‘ppa to‘g‘ri qaror,  favqulodda  vaziyatlarda maktab ahlining xavfsizligiga birinchi raqamli mas’uliyatni zimmasiga oluvchi  kadr ushbu  insonlar xisoblanadi va o‘quvchilarni maktab davridanoq Vatanni qo‘riqlash,  e’zozlash tuyg‘ularini, o‘g‘il bolalarni xaqiqiy mard yigitlar qilib tarbiya qilishda  o‘z boshidan shu ishlarni  o‘tkazgan inson sifatida namuna bo‘lib yetkazuvchi insonlar ham ayni shular. 

Ular haqli ravishda direktor o‘rinbosari bo‘lishi kerak edilar!

Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham borki,  buni eshitib ko‘ngil hira bo‘lishi,  ajablanishimiz mumkin.

Bu direktor o‘rinbosari deb dabdaba bilan e’lon qilinib,  ularga mas’uliyatlarini oshirilgani bilan ular oyligiga sariq chaqa ham qo‘shilmagani kulguli va ajablanarli,  afsuslanarli xol!

Surishtirib ko‘rsak,  Maktab direktorining  Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha o‘rinbosarlari oyliklari 1 million 200 ming so‘m ekan.

Taqqoslab ko‘ramiz, direktorning qolgan ikki o‘rinbosarlari oyliklari 2 million 300 ming olishar ekan, nega uchinchi o‘rinbosarlarga bunchalar past nazar? "Etim"mi ular?

Hammaga ma’lumki, ushbu CHQBT mutaxassislari barchasi erkaklar,   ya’ni oila boshchisi,  boquvchisi bo‘lgan insonlar. Maktablardan erkaklarni chiqib ketgani avvalo moddiy tomoniligi sir emas,  shu yaqin yillarda maktablarda oyliklar ko‘paygani xaqiqat.  Hozir o‘qituvchilar ikki million oylik olish oddiy xol.
Eng qizig‘i,  maktablardagi Yoshlar yetakchisi ham 1 mln 600 - 1 mln 700 ming oylik olarkan ,  lekin mas’ul vazifasi va lavozimi undan yuqori xisoblanuvchi CHQBT - rasman direktor o‘rinbosari ulardan-da kam oylik olishi juda-juda kulguli va tushunarsiz!

Xurmatli Xalq ta’limi vazirligi,  xurmatli Moliya vazirligi yuqori organlari,  quruq qoshiq og‘iz yirtar,  maktablardagi mana shu kadrlaringiz oyligiga qachon e’tibor berasizlar?

Har ikki vazirlikdan ushbu masala bo‘yicha javob kutib qolamiz.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!