Navoiyda yana bir velosipedchi qurbon bo‘ldi

Navoiyda yana bir velosipedchi qurbon bo‘ldi

Joriy  yilning 10 aprel kuni soat 20:30 larda F.Z. o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya-3” rusumli avtomashinani Xatirchi tumani hududidan o‘tuvchi 4R48 avtomobil yo‘lining 148 kilometrida “Zarafshon-Yangirabod” yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borib, yo‘lning qatnov qismi o‘ng tomonida velosipedda harakatlanib ketayotgan, Xatirchi tumanida yashovchi S.F.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. 

Natijada, velosipedchi S.F. og‘ir tan jarohati olib, tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan F.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

Velospedchilar mazkur transport vositasini nur qaytaruvchi vositalar, orqa tomonni ko‘ruvchi oyna, qo‘ng‘iroq bilan jihozlashlari, o‘zlari esa boshlariga shlem hamda egnilariga nur qaytarish xususiyatiga ega bo‘lgan nimcha kiyib harakatlanishlari muqarrar ko‘ngilsizlik xavfini kamaytirishga xizmat qilishini alohida eslatib o‘tamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!