Namangandagi qurilish ob’ektidan odam bosh suyaklari topilgan

Namangandagi qurilish ob’ektidan odam bosh suyaklari topilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahar Chorsu dehqon bozori ro‘parasidagi qurilish hududidan odam bosh suyaklari topilganligi haqidagi xabar tarqaldi.

Hududdagi G‘ishtko‘prik MFY raisining o‘sha yerlik muxbirlardan biriga bergan ma’lumotlariga ko‘ra, hududdan oqib o‘tuvchi kanal atrofiga o‘tgan shanba va yakshanba kuni qurilish ob’ektlaridan olingan tuproqlar to‘kilgan. Bu haqda Darakchi gazetasida bayon yozilmoqda.

Mahalla raisi muxbir guvohligida hududni ko‘zdan kechirib, pastlikka tushib bir dona kalla suyagini topib chiqqan va bunday suyaklar 5-6 ta ekanligini bildirgan. Ammo shu vaqtgacha hech kim tegishli tashkilotlarga murojaat qilmagan. Voqea joyiga uchastka inspektori ham yetib kelgan.

Shuningdek, Chorsu dehqon bozori ro‘parasi, Joziba do‘koni orqasidagi bunyodkorlik ishlari olib borilayotgan manzilda ham odam bosh suyaklari topilgan.

Quruvchilarning malum qilishicha, qurilish ishlari boshlanganidan buyon bunday bosh suyaklari juda ko‘p topilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!